Ingliz tilini 1 yilda mukammal o’rganish mumkinmi?

Do'stlarga ulashing
Image result for english language


Assalomu alaykum azizlar bugungi postda men sizlarga ingliz tilini 1 yilda mukammal o’rganish va IELTS dan qoniqarli ball olish haqida gaplashamiz (Agar IELTSdan yuqori ball olishni istasangiz ancha ko’proq o’rganish kerak).

Birinchi ish Kuningizni to’g’ri taqsimlang ya’ni 12 soat ingliz tiliga va 8 soat uyquga va 4 soat boshqa ishlarga sarflang. Shunda juda yaxshi effekt bo’ladi. Lekin boshlanishida siz 12 soat emas 8 soatdan boshlashingiz mumkin. Ammo ozgina moslashgandan so’ng albatta 10 soatdan ko’p mashq qilish shart.

Image result for essential grammar in use

Ikkinchi ish Kerakli materiallarni to’g’ri tanlash. Yuqoridagi kitoblar ingliz tilini mustaqil o’rganish uchun eng zo’r manba hisoblanadi. (shaxsan men ham shulardan o’rganganman).Aynan bu kitoblar Cambridge tomonidan ishlab chiqiladi va natijasi boshqa manbalarga qaraganda ancha yaxshi samara beradi. Bu kitobni elektron variantini mana bu yerda yuklab olishingiz mumkin. Kitob do’konidagi narxi esa adashmasam 13000 so’m.

Uchinchi ish Iloji boricha Inglizcha qo’shiqlar va Inglizcha kinolar ko’rishga harakat qiling. Agar siz videoni youtubeda ko’rsangiz sekinlashtirib ko’rishingiz mumkin. Bu holatda gaplar aniq eshitiladi va Bu ham sizga juda katta foyda olib kelishi aniq.

To’rtinchi ish Bu sahifada mayda ishlar gapiriladi lekin bularsiz juda qiynalasiz. Bular iloji boricha Podcastlar eshiting. Agar hoxlasangiz kompyuter va telefoningiz tilini inglizchaga o’zgartiring, biror narsani o’ylasangiz o’zbekcha emas inglizcha o’ylashga harakat qiling eng muhimi o’zingizga ishoning hali barchasi zo’r bo’ladi.

Education is the most greatest weapon which you can use to change the world.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan