Saytdagi birinchi post

Do'stlarga ulashing

Assalomu alaykum azizlar mana bugun 7-avgust 2019-yilda bizning uzpro.uz saytimiz internet dunyosiga qadam bosdi. Avvalo Biz bu saytda sizlarga kerakli va muxim bo’lgan barcha ma’lumotlarni keng va batafsil yoritib berishga va’da beramiz. Buning uchun esa sizdan faqatgina saytimizni kuzatish va do’stlaringizga tarqatish so’raladi.

Image result for bill gates

Microsoft asoschisi Bill Geyts aytganidek Siz ko’pchilik odamlar dangasa bo’lganligi sababli muvaffaqiyatga erishasiz. Hech qachon harakatdan to’xtamang va olg’a qada bosing. Ze’ro bu intilishlaringiz albatta o’z natijasini beradi va siz oldingizga qo’ygan marraga aniq yetasiz.

Agar siz harakatdan to’xtagan mahalda boshqa bir inson davom ettiradi va ana o’sha inson muvaffaqiyatga erishadi.

Agar baxtli yashashni istasangiz baxtni maqsadga bog’lang, odamlar yoki narsalarga emas. Albert Eynshteyn.

Nihoyat, Rocky filmidan olingan so’zlar:

«Kel, men senga o’zing bilgan bitta narsani aytay. Dunyo faqat charaqlagan quyosh va kamalaklardan iborat emas, u juda yomon va rasvo joy. Qanchalik kuchli ekanligingning ahamiyati yo’q, u seni urib tiz cho’ktiradi va qarshilik qilmasang abadiy tiz cho’kkan holingda saqlab turadi. Sen, men yoki boshqa hech kim hayot urganchalik qattiq urolmaydi! Gap sening qanchalik qattiq ura olishingda emas, qanchalik qattiq urishganda harakatni davom ettira olishingda, qanchalik zarbalarni olib… yo’lingda davom eta olishingda. G’alabaga mana shu yo’l bilan erishiladi! Agar o’zing nimaga arzishingni bilsang bor va o’zing arziydigan narsani qo’lga kirit! Ammo sen zarbalarni olishga tayyor bo’lishing kerak va zarba yeganda u tufayli shunday bo’ldi, bu tufayli shunday bo’ldi deb boshqalarga barmoq o’qtalmasliging kerak. Qo’rqoqlar shunday qiladi va sen qo’rqoq emassan! Sen ulardan yaxshiroqsan!»

4 comments

  1. Привет! Это комментарий.
    Чтобы начать модерировать, редактировать и удалять комментарии, перейдите на экран «Комментарии» в консоли.
    Аватары авторов комментариев загружаются с сервиса Gravatar.

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan